16:22 / 02.01.2020
2
111409
Turistlar Toj-Mahalga borishdan ommaviy ravishda voz kechmoqda
Foto: TASS

Turistlar Hindistonda fuqarolik to‘g‘risidagi qonunga tuzatishlar kiritilganidan keyin boshlangan tartibsizliklar sababli Toj-Mahalga borishdan ommaviy ravishda voz kechmoqda. Bu haqda Asia Times xabar berdi.

Turistik politsiya inspektori Dinesh Kumarning so‘zlariga ko‘ra, 2019 yil dekabrida tashrif buyuruvchilar soni 60 foizga kamaygan.

Rasmiy ma'lumotlarda aytilishicha, keyingi ikki hafta ichida 200 mingga yaqin kishi Toj-Mahalga borishdan voz kechgan yoki safarni keyinroqqa qoldirgan.

Ushbu yodgorlikni ko‘rish uchun yiliga 6,5 million nafar turist keladi va Hindiston g‘aznasiga buning ortidan 14 million dollar tushadi.

Toj-Mahal yaqinida joylashgan mehmonxonalar va mehmon uylari egalari keyingi vaqtda daromad keskin tushib ketganini aytishmoqda. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top