20:17 / 02.01.2020
1
35404

Turkmaniston prezidenti Yangi yil bazmida dijyeylik qildi (video)

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘zining turfa qirralari bilan ajablantirishda davom etmoqda. U Yangi yil bazmida dijyeylik qildi va bir qator kompozitsiyalarni ijro etdi. Tadbir ishtirokchilari uni qizg‘in qo‘llab-quvvatlab turishgan. Turkmaniston prezidenti bazmning deyarli boshidan oxirigacha dijyeylik apparaturasi ortida turib, qo‘shiqchilarga jo‘r bo‘lib turgan. 

Berdimuhamedovning dijyeylik qilayotgani videosi 1 yanvarda YouTube’da e'lon qilindi.

Avvalroq Turkmaniston prezidenti sirkda artistlar oldida chiqish qilib, oq rangli otda manejni bir necha marta aylanib chiqqan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top