07:53 / 03.01.2020
1
15567
«Andijon-Toshkent» poyezdi elektr ta'minotidagi uzilish sabab to‘xtab qoldi
Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari

2020 yil 2 yanvar kuni soat 16:15da Andijon - Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan 59-sonli yo‘lovchi poyezdi to‘xtab qoldi.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabariga ko‘ra, bunga tashqi elektr tarmog‘ida energiya bo‘lmay qolganligi sabab bo‘lgan. Poyezd Asaka stansiyasi yaqinida to‘xtab qolgan. 

Xabarda aytilishicha, ko‘rilgan chora tadbirlar natijasida soat 17:25da mazkur poyezd harakati yo‘lga qo‘yildi.

Yuzaga kelgan bunday noqulaylik uchun «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» ma'muriyati yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top