16:40 / 03.01.2020
0
42311
Eron Amerikaning nechta bazasiga zarba bera olishi mumkinligi ma'lum qilindi
Foto: Nazanin Tabatabaee Yazdi/TIMA, via Reuters

AQShning o‘ttiz oltita bazasi Eron zarbasi yetadigan masofada joylashgan, dedi Eron milliy xavfsizlik va tashqi siyosat qo‘mitasi boshlig‘i Mujtabo Zulnur.

"Agarda amerikaliklar mintaqadagi boshqa davlatlarda joylashgan kuchlarimizni nishonga oladigan bo‘lsa, amerikaliklarni nishonga olish biz uchun yanada oson bo‘ladi", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Mehr nashri.

3 yanvarga o‘tar kechasi Bag‘dod aeroporti hududida AQSh aviazarbalari oqibatida Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) tarkibidagi «Al-Quds» maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniy halok bo‘ldi.

Eron oliy yetakchisi Oyatulloh Ali Xominaiy Iroqda general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilgani sababli mamlakatda 3 kunlik milliy motam e'lon qildi va AQShdan buning uchun qasos olinajagini ma'lum qildi.

Mavzu
Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi
Eron tashqi siyosati bunyodkori, Yaqin Sharq bo‘yicha bosh strategi, Eron Islom inqilobi muhofazasi korpusi tarkibidagi «Kuds» maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy Bag‘doddagi aeroportda AQSh prezidenti Donald Tramp farmoyishiga binoan o‘ldirildi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top