09:00 / 03.01.2020
5
70045
«Islomni qabul qilganimdan keyin qiyinchiliklarni yengishim oson bo‘lib qoldi» – toshkentlik rus ayoli iqrori

Azon TV ilmiy-ma'rifiy kanalida islom dinini qabul qilgan toshkentlik rus ayol bilan intervyu efirga uzatildi. Unda Yelena (Amira) To‘rayeva islom dinini qabul qilishi sabablari, bunga yaqinlarining munosabati, yangi hayot tarzidagi o‘zgarishlar va boshqa mavzularda so‘z yuritadi.

Ma'lumot uchun, Yelena Toshkent shahrining Sirg‘ali tumanida tug‘ilib o‘sgan, Rossiya davlat ijtimoiy universitetining O‘sh filialida moliya va kredit ixtisosligi bo‘yicha o‘qigan. Hozirda Kommersant.uz nashrining boshqaruv hamkori va Rromzona.uz saytida rivojlantirish bo‘yicha menejyer bo‘lib ishlaydi.

To‘rayeva shu yildan boshlab Azon TV kanalida rusiyzabon musulmonlar uchun o‘zining mualliflik ko‘rsatuvini ham olib bormoqda. 3 farzandning onasi o‘zi kabi rusiyzabon insonlarning hayotini yoritishni, o‘rni kelsa ularga ma'rifiy ko‘mak berishni hayotiy maqsadlaridan deb biladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top