10:00 / 03.01.2020
0
5048
«Milan» Ibrahimovichning taqdimotini o‘tkazdi

«Los-Anjyeles Gelaksi» klubi va Shvetsiya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Zlatan Ibrahimovich «Milan» bilan rasman shartnoma imzoladi.

38 yoshli futbolchi «rossoneri» tarkibida 21-raqam ostida o‘ynaydigan bo‘ldi. Uning mehnat bitimi 6 oyga mo‘ljallangan va yana 1 yilga uzaytirish imkoniyati ham bor.

Futbolchi taqdimot vaqtida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«21-raqam? Bolalarimga mavjud raqamlarni ko‘rsatdim, ular 21-raqamni tanlashdi.

Maqsadim – jamoaga vaziyatni to‘g‘rilashda yordam berish. Individual tomondan ham imkon qadar yuqori darajada o‘ynamoqchiman.

So‘nggi 2-3 haftada rafiqamdan ko‘ra Maldini va Boban bilan ko‘proq gaplashdim. Hammasi yaxshi bo‘ldi va men shu yerdaman», deydi shvetsiyalik futbolchi Milan TVga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Zlatan Ibrahimovich 2010-2012 yillarda ham «Milan»da o‘ynagan va 85ta o‘yinda 56ta gol urgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top