14:50 / 03.01.2020
0
8528

Onlayn auksion: 4 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi

Foto: KUN.UZ

2019 yilning 23-29 dekabrlarida “O‘zRTXB” AJ barcha savdo platformalarida 948,0 mlrd so‘mlik bitimlar tuzildi. Kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 452,7 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Birja savdolarining hajmi 812,4 mlrd so‘mni tashkil etdi. Valuta savdo maydonchasi orqali 760,3 ming AQSh dollarlik 3000 tonna neft mahsulotlari sotildi.

Ko‘rgazma-yarmarka savdolarning haftalik hajmi 48,6 mlrd so‘mni, kichik biznes sub'yektlari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar esa 8,9 mlrd so‘mni yoki tuzilgan bitimlarning 18,4 foizni tashkil etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 839ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 4,0 mlrd so‘mni tashkil qildi. Savdolar natijasida bitimlarning 21,5 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 50,1 foizi ikkinchi va 28,5 foizi uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top