20:11 / 03.01.2020
3
92611
Tramp: «Eron hech qachon urushda g‘olib bo‘lmagan»

AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterdagi sahifasida eronlik general Qosim Sulaymoniyning o‘limi bilan tugagan operatsiya haqida fikr bildirdi. Bu Trampning operatsiya haqida ilk fikrlari bo‘ldi.

«Eron hech qachon urushda g‘olib bo‘lmagan, ammo hech muzokaralarda yutqazmagan», deb yozdi AQSh prezidenti.

Keyingi tvitlarida Tramp bevosita Qosim Sulaymoniy haqida yozdi.

«General Qosim Sulaymoniy minglab amerikaliklarni o‘ldirdi yoki jarohatladi. U yana ko‘pchilikni o‘ldirishni rejalashtirayotgandi, ammo qo‘lga tushdi! U millionlab odamlarning, jumladan Erondagi namoyishchilarning o‘ldirilishi uchun javobgar.

Eron buni tan olishni xohlamayotgan bir vaqtda Sulaymoniydan Eronning o‘zida qo‘rqishar va undan nafratlanishardi. Ular rahbarlari tashqi dunyoni ishontirishga urinayotgan darajada xafa emas. U ancha yillar oldin qo‘lga olinishi kerak edi», deydi Tramp.

Tramp navbatdagi postlarida Iroq ustidan nazorat haqida gapirdi: «AQSh Iroqqa har yili milliardlab dollar pul sarflayapti. Bu biz qilishimiz mumkin bo‘lgan eng ko‘p narsa. Iroqliklar ularni Eron nazorat qilishini xohlashmaydi, bu ularning tanlovi. So‘nggi 15 yilda Eron nazoratni tinimsiz oshirib bordi. Iroqliklar esa bundan xursand emas. Bu hech qachon yaxshilik bilan tugamaydi».

2 yanvardan 3 yanvarga o‘tar kechasi Eron islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniy AQSh harbiylari tomonidan o‘tkazilgan operatsiya oqibatida halok bo‘ldi. Uning mashinasi masofadan turib boshqariladigan dron yordamida o‘qqa tutilgan va Sulaymoniy halok bo‘lgan. Uning shaxsi qo‘lidagi mashhur uzugi yordamida aniqlandi.

Mavzu
Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi
Eron tashqi siyosati bunyodkori, Yaqin Sharq bo‘yicha bosh strategi, Eron Islom inqilobi muhofazasi korpusi tarkibidagi «Kuds» maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy Bag‘doddagi aeroportda AQSh prezidenti Donald Tramp farmoyishiga binoan o‘ldirildi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top