10:40 / 03.01.2020
0
10382

«Yuventus» qishdagi ilk transferini e'lon qildi

Foto:

«Yuventus» «Atalanta» yarimhimoyachisi Deyan Kulusevskini sotib olganini e'lon qildi.

Tomonlar 2024 yilning iyunigacha mo‘ljallangan shartnoma tuzishdi. 

Mavsumning birinchi yarmini ijara asosida «Parma»da o‘tkazgan 19 yoshli shvetsiyalik futbolchi yozgacha shu klubda qoladigan bo‘ldi. U mavsumning birinchi qismida klubining barcha turnirlar doirasidagi 19 uchrashuvida maydonga tushib, 4 gol urgan va 7 golga uzatma bergan. U dekabr oyida A Seriyaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.

«Yuventus» Deyan uchun 35 mln yevro to‘laydigan bo‘ldi. Bu qiymat bonuslar hisobiga 44 mln yevroga yetishi mumkin.

Avvalroq Kulusevski Turin klubida yiliga 2,5 mln yevro maosh olishi haqida aytilgandi.

Ma'lumot uchun, «Atalanta» ushbu futbolchini 2016 yil yozida «Brommapoykarna»dan 165 ming yevro evaziga sotib olgan, yosh futbolchi bu klub safida jami 103 daqiqa o‘ynagan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top