22:01 / 04.01.2020
0
9591
La Liga. «Real» g‘alabasiz seriyasiga nuqta qo‘ydi va 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi

Ispaniya La Ligasining 19-turida «Real» safarda «Xetafe»ga qarshi bahs yuritib, yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Soriya (avtogol), Varan va Modrich tomonidan urilgan gollar «qirollik klubi»ning duranglar seriyasiga chek qo‘ydi. Eslatib o‘tamiz, «Real» bungacha qatorasiga 3ta durang qayd etgandi.

G‘alabadan so‘ng Zinedin Zidan shogirdlari ochkolarini 40taga yetkazib, 1-o‘ringa ko‘tarilib olishdi. «Xetafe» esa 30 ochko bilan 7-o‘ringa tushib ketdi.

La Liga, 19-tur
Xetafe – Real 0:3
4 yanvar, «Koliseum Alfonso Peres»

Gollar: Soriya (34, avtogol), Varan (53), Modrich (90+6).
Xetafe: Soriya, Kukurelya, Jyene, Kabrera, Nom (Dediu, 81), Arambarri, Maksimovich, Fajr (Molina, 60), Suares, Anxel Rodriges, Mata (Portilo, 80). 
Real: Kurtua, Militao, Mendi, Karvaxal, Varan, Kazemiro, Kroos (Valverde, 71), Isko (Vinisius, 71), Modrich, Beyl, Benzema (Yovich, 81).
Ogohlantirishlar: Nom (34), Suares (39), Yovich (82), Mendi (90+5), Portilo (90+5).

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top