21:40 / 05.01.2020
1
41179
56 mlrd dollarlik o‘yin: 2019 yilning eng qimmat sport imperiyalari

Keyingi o‘n yilda sport olamining eng qimmat brendlari o‘z faoliyat doiralarini kengaytirdi: media va ko‘chmas mulkka pul tikdi, sport jamoalari va stadionlarni sotib oldi. Jahondagi eng yirik sport imperiyalari aktivlarining umumiy qimati 56 mlrd dollarni tashkil etdi.

Sten Kroyenke

Amerikalik biznesmen Sten Kroyenke jahondagi eng qimmat sport imperiyasi sohibi deb topildi. Unga qarashli Kroenke Spors & Entertainment kompaniyasi aktivlari 8,4 mlrd dollar deb baholanmoqda. Kronke sport imperiyasi bunyod etishni 2000 yilda boshlagan. U 400 mln dollarga MXLning «Kolorado Evelansh» xokkey klubi, MBAning «Denver Naggets» basketbol klubi va Pepsi Center arenasini sotib oldi. 2010 yilga kelib u «Sent-Luis Rems» (hozirda «Los-Anjyeles Rems») amerikacha futbol jamoasining minoritar aksiyadoriga aylandi va MFL klubining qolgan 60 foiz aksiyasini ham sotib olishga qaror qildi. Forbes hisob-kitobiga ko‘ra, hozirda uchala klubning narxi 5,7 mlrd dollar atrofida.

Kronke 2007 yilda kompaniyasining xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlashga qaror qildi va Londonnning «Arsenal» klubi aksiyalarini sotib oldi. U o‘tgan yili klubning 2,3 mlrd dollarlik aksiyalari nazorat paketini sotib oldi. MLSdagi «Kolorado Repidz» futbol klubi, lakross milliy ligasidagi «Kolorado Mammot» klubi, Altitude Spors & Entertainment sport telekanali hamda «Los-Anjyeles Gladiators» va «Los-Anjyeles Gerilyas» kibersport jamoalari ham uning Kroenke Spors & Entertainment kompaniyasiga qarashli.

Ammo Kronke bu bilan to‘xtab qolmoqchi emas. Uning kompaniyasi kelasi yili SoFi Stadium stadionini ochadi. Kelgusi o‘n yil davomida stadionda MFL finali, talabalar o‘rtasida amerikacha futbol bo‘yicha AQSh chempionati pley-off finali va 2028 yilgi yozgi olimpiada o‘yinlari o‘tkaziladi.

Jyerri Jonsga qarashli sport imperiyasi reytingda ikkinchi o‘ringa joylashdi. Uning barcha aktivlari qiymati 6,9 mlrd dollar deb baholanadi. Jons 1989 yilda 150 mln dollarga MFLning «Dallas Kovboyz» klubini va Texas Stadium stadionidan foydalanish huquqini sotib oldi. Hozirda bu jamoa dunyodagi eng qimmat klub hisoblanadi, uning qiymati 5,5 mlrd dollar deb baholanmoqda. Jonsga shuningdek, sport stadionlariga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan Legends Hospitality kompaniyasi aksiyalarining uchdan bir qismi ham tegishli. Bu hali hammasi emas. Biznesmen Texasdagi Frisko shahrida The Star sport markazini qurdi. Complexity Gaming kibersport jamoasining yirik aksiyalar paketi ham u va uning biznes-hamkori Jon Goffga tegishli.

Fenway Spors Group kompaniyasini ham yirik sport imperiyasi deb atash mumkin. Uning barcha aktivlari qiymati 6,6 mlrd dollarga teng. «Boston Red Soks» beysbol klubi, Angliyaning «Liverpul» klubi, «Raush-Fenvey Reysing» NASCAR poyga jamoasi, kabel telekanali va sport marketing agentligi ham unga tegishli.

Quyida esa eng yirik sport imperiyalari to‘g‘risidagi batafsil ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

Kroenke Spors & Entertainment

Foto: EPA / TASS

Aktivlari qiymati: $8,4 mlrd

Aktivlari: «Los-Anjyeles Rems» (MFL), «Arsenal» (APL), «Denver Naggets» (MBA), «Kolorado Evelansh» (MXL), «Kolorado Repidz» (MLS), «Kolorado Mammot» (lakross milliy ligasi), Altitude Spors&Entertainment sport telekanali, «Los-Anjyeles Gladiators» va «Los-Anjyeles Gerilyas» kibersport jamoalari

Jyerri Jons

Foto: Cary Edmondson / Reuters

Aktivlari qiymati: $6,9 mlrd

Aktivlari: «Dallas Kauboyz» (MFL), The Star sport markazi, Complexity Gaming kibersport tashkiloti, Legends Hospitality kompaniyasi (50 foizdan kamroq aksiya)

Fenway Spors Group

Foto: Kai Pfaffenbach / Reuters

Aktivlari qiymati: $6,6 mlrd

Aktivlari: «Boston Red Soks» (Beysbol asosiy ligasi), «Liverpul» (APL), «Raush-Fenvey Reysing» (NASCAR), Fenway Spors Management sport marketing agentligi

Yankee Global Enterprises

Foto: Ron Galella Collection via Getty Images

Aktivlari qiymati: $6,1 mlrd

Aktivlari: «Nyu-York Yankiz» (Beysbol asosiy ligasi), Legends Hospitality kompaniyasi (50 foizdan kamroq aksiya), YES Network kabel telekanallari tarmog‘i (50 foizdan kamroq aksiya), «Nyu-York Siti» (MLS; 50 foizdan kamroq aksiya)

Madison Square Garden Company

Foto: Adam Hunger / Reuters

Aktivlari qiymati: $5,9 mlrd

Aktivlari: «Nyu-York Niks» (MBA), «Nyu-York Reyndjers» (MXL)

Gleyzer oilasi

Aktivlari qiymati: $5,2 mlrd

Aktivlari: «Manchester Yunayted» (APL), «Tampa-Bey Bakkanirs» (MFL)

City Football Group

Foto: Carl Recine / Reuters

Aktivlari qiymati: $4,8 mlrd

Aktivlari: «Manchester Siti» (APL), «Nyu-York Siti» (MLS), «Melburn Siti» (AFL)

Kraft oilasi

Foto: Elise Amendola / AP / TASS

Aktivlari qiymati: $4,5 mlrd

Aktivlari: «Nyu-Inglend Petriots» (MFL), «Nyu-Inglend Revolyushn» (MLS), Kraft Analytics Group texnologik kompaniyasi, Ultimate Fighting Championship aralash jang san'atlari tashkiloti (50 foizdan kamroq aksiya)

Maple Leaf Spors & Entertainment

Foto: Nick Turchiaro / Reuters

Aktivlari qiymati: $3,6 mlrd

Aktivlari: «Toronto Reptors» (MBA), «Toronto Meypl Lifs» (MXL), «Toronto» (MLS), «Toronto Argonavs» (KFL)

Benson oilasi

Aktivlar qiymati: $3,5 mlrd

Aktivlari: «Nyu-Orlean Seyns» (MFL), «Nyu-Orlean Pelikans» (MBA)

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top