16:50 / 05.01.2020
0
16257

Android uchun yangi ilovalar: dekabr oyining eng yaxshilari

Google Play'ning so‘nggi oydagi eng qiziqarli va foydali yangiliklari.

Microsoft Math Solver

Microsoft kompaniyasining yangi ilovasi matematik tenglama va misollarni yechishga yordam beradi. Uning ishlash tartibi sodda: smartfon kamerasini sizni qiynayotgan misol yozilgan varaq qarshisida tuting, suratga oling va Microsoft Math Solver natijani hisoblay boshlaydi. Bundan tashqari, mashqlarni qo‘lda yoki klaviatura orqali ham yozib kiritish mumkin. Ilova nafaqat natijani, balki yechimning kelib chiqish bosqichlarini ham ko‘rsatadi.

Press

Markdown belgilarini qo‘llab-quvvatlaydigan ochiq kodli matnli qaydlar muharriri. Press'ning to‘q rangli ko‘rinishi tufayli qaydlarni tunda yozish ham qulay. Yozilayotgan matn darhol formatlanadi va o‘qishga qulay bo‘ladi.

Notepad Pro

Bu ilova ham eslatmalar uchun mo‘ljallangan, ammo uni nisbatan rivojlangan deyish mumkin. Notepad Pro sizga qulay xarid ro‘yxatlarini, shuningdek matn va ovoz yozuvlarini yaratishga imkon beradi, shu orqali hech narsani yoddan ko‘tarmaslikni uddalay olasiz. Qaydlar eslatmasini o‘rnatish, ranglarni o‘zgartirish va teglar bo‘yicha saralash imkoniyati mavjud. 

Milkshake

Vizit kartochkasi o‘rnini bosuvchi sayt yaratmoqchi bo‘lganlar, ammo buni qanday qilishni bilmay boshi qotayotganlar uchun sodda dastur. O‘zingiz yaratmoqchi bo‘lgan sahifalar va ularga shablonlar tanlang, matnni kiriting va ijtimoiy tarmoqlarga havolalarni joylashtiring. Keyin yangi saytingizni nashr eting — Milkshake buning uchun o‘zining bepul hostingidan foydalanadi. 

Coloring Diorama

Kattalarga mo‘ljallangan qiziqarli rang berish ishi, siz nafaqat chizasiz, balki mekansal fikrlashni ham kuchaytirasiz. Ajoyib dioramalar yarating, ularga eng mos rang bering. So‘ngra olingan polotnoni do‘stlaringiz bilan baham ko‘ring. Dam olish va vaqtni o‘ldirishning ajoyib usuli.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top