00:43 / 05.01.2020
0
6804

Angliya Kubogi. «Lester» va «Siti» keyingi bosqichda, «MYu» «Vulverhempton» bilan takroran o‘ynaydi

Foto: Getty Images

Angliya Kubogining 1/32 finalidan o‘rin olgan bir qancha o‘yinlar yakunlandi. Markaziy o‘yinda «Vulverhempton» o‘z uyida «MYu»ni qabul qildi. Bahsda hisob ochilmadi. Shu tariqa jamoalar «Old Trafford»da takroran o‘ynaydigan bo‘lishdi.

«Manchester Siti», «Lester» va «Bornmut» klublari o‘z maydonlarida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritib, keyingi bosqichga yo‘l olishdi.

Angliya Kubogi, 1/32 final, 4 yanvar

Vulverhempton – MYu 0:0
Vulverhempton: Raddi, Doerti, Kilmen, Koudi, Vinagre (Kastro, 75), Saiss (Moutinyu, 71), Dendonker, Netu, Nevesh, Traore, Eshli-Sil (Ximenes, 46). 
Manchester Yunayted: Romero, Yang, Lindelyof, Maguayr, Uilyams, Pereyra, Matich, Jyeyms (Reshford, 70), Mata (Fred, 70), Grinvud, Chong (Dalot, 82).
Ogohlantirishlar: Saiss (57), Kilmen (72), Yang (86).

Manchester Siti – Port Veyl 4:1
Gollar: Zinchenko (20), Aguero (42), Harvud-Bellis (58), Foden (76) – Poup (35).

Lester – Uigan 2:0
Gollar: Pirs (19, avtogol), Barns (40).

Bornmut – Luton 4:0
Gollar: Billing (8, 79), Uilson (67), Solanke (82).

Flitvud – Porsmut 1:2
Gollar: Makeleni (90+1) – Bolton (66), Harness (71).

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top