19:50 / 05.01.2020
0
15602

«Bunyodkor» 8 nafar yangi futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi

 Yangi mavsumni OChL saralash bahsi bilan boshlaydigan «Bunyodkor» klubi 8 nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzolagan. Bu haqda PFL vakili Diyor Imomxo‘jayev telegramdagi kanalida xabar bermoqda.

 «Shartnomalarning hammasi 1 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, ular 2020 yilning dekabrida o‘z kuchini yo‘qotadi. Futbolchilarning ikki nafari Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari hisoblanadi. Yana uch nafari esa yil so‘ngiga qadar ijara asosida «Bunyodkor» sharafini himoya qiladi» - deya yozadi PFL mutaxassisi.

 Quyida futbolchilar bilan tanishib olishingiz mumkin. Qavs ichida shartnomaning tugash muddatlari ko‘rsatilgan, keyingi qatorda esa futbolchining qayerdan kelayotgani bor, oldinda har bir futbolchi to‘p suradigan futbolka raqami:

 Yangi futbolchilar:   

4. Davron Ergashev (2020, dekabr) Tojikiston

21. G‘ulom-Haydar G‘ulomov (2020, dekabr) OKMK

24. Bahodir Pardayev (2020, dekabr) Metallurg

71. Sarvar Karimov (2020, dekabr) Qo‘qon-1912

77. Selim Nurmuradov (2020, dekabr) Qirg‘iziston

 Ijaradagi futbolchilar:

22. Sardor Abduraimov (2020, dekabr) Mash'al

70. Murod Xolmuhamedov (2020, dekabr) Qo‘qon-1912

92. Humoyun Murtazoyev (2020, dekabr) Mash'al

 Shartnomasini uzaytirgan futbolchilar:

6. Anvar G‘ofurov (2020, dekabr)

10. Xurshid G‘iyosov (2020, dekabr)

13. Lutfulla To‘rayev (2020, dekabr).

Shuningdek, Diyor Imomxo‘jayev Murod Xolmuhammedovning «Qo‘qon-1912» klubi e'lon qilganidek, «Bunyodkor»ga ikki oylik shartnoma asosida o‘tganiga ham izoh berib o‘tgan.

 «Futbolchini 2 oyga ijaraga berish yoki shartnoma tuzish mumkin emas. Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha reglamentda bu narsa aniq yozib qo‘yilgan. Futbolchi eng kamida yarim yillik shartnoma imzolaydi. Bu holat faqatgina mavsumning o‘rtasida sodir bo‘lishi mumkin. Mavsum boshida turgan futbolchi esa eng kamida 1 yillik shartnomaga imzo chekishi kerak» - deydi PFL vakili.

Demak, Murod Xolmuhammedov «Bunyodkor» bilan ikki oylik emas, 2020 yilning dekabrigacha bo‘lgan bir yillik ijara asosida shartnoma imzolagan. Shuningdek, transfer huquqi «Mash'al»ga tegishli bo‘lgan Humoyun Murtazoyev va Sardor Abduraimov ham ijara asosida yil oxirigacha shartnoma imzolagan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top