03:03 / 05.01.2020
0
16233

La Liga. Xitoylik hujumchining goli derbida «Barsa»ni 3 ochkodan mahrum qildi

Foto: AP

Ispaniya La Ligasining 19-turida «Barselona» Kataloniya derbisida so‘nggi o‘rinda borayotgan «Espanol» mehmoni bo‘ldi va g‘alabani qo‘ldan chiqardi. De Yongning qizil kartochka olishi va Xitoy milliy jamoasi hujumchisi Vu Leyning 88-daqiqada urgan goli «ko‘k-anorranglilar»ni 3 ochkodan mahrum qildi.

Durangdan so‘ng «Barsa» ochkolari sonini 40taga yetkazdi va to‘plar nisbatiga ko‘ra yana peshqadam bo‘lib oldi. «Espanol» esa 11 ochko bilan 20-o‘rinni egallab turibdi.

La Liga, 19-tur

Espanol – Barselona 2:2
4 yanvar, «RCDE Stedium»
Gollar: David Lopes (23), Vu Ley (88) – Suares (50), Vidal (59).
Espanol: Diyego Lopes, David Lopes (Iturraspe, 67), Naldo, Didak Vila, Viktor Gomes (Vargas, 62), Melendo (Vu Ley, 74), Darder, Xavi Lopes, Roka, Espinosa, Kaleri. 
Barselona: Neto, Alba, Pike, Serji Roberto, Langle, Rakitich (Vidal, 46), de Yong, Buskets, Suares, Grizmann (Semedu, 80), Messi.
Ogohlantirishlar: Xavi Lopes (35), Roka (62), de Yong (66).
Chetlatish: de Yong (75).

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top