13:30 / 05.01.2020
0
23014
«Taxtaqoracha» dovoni qayta ochildi

Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi «Taxtaqoracha» (Kitob) dovoni qayta ochildi. Bu haqda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi xabar berdi.

«M-39 «Toshkent-Shahrisabz-Termiz» avtomobil yo‘lining Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi «Taxtaqoracha» (Kitob) dovonidan o‘tgan qismlarida 2020 yilning 4 yanvar kuni kuchli qor yog‘ishi va ko‘rish imkoniyatlarining keskin pasaygani sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatilgan edi.

Bugun 2020 yil 5 yanvar kuni soat 8:30da M-39 «Toshkent-Shahrisabz-Termiz» avtomobil yo‘lining Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi «Taxtaqoracha» (Kitob) dovonidan o‘tgan qismlarida avtotransport harakati yo‘lga qo‘yildi», deyiladi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.

Bundan avvalroq «Toshkent—Shahrisabz—Termiz» avtomobil yo‘lining Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi «Taxtaqoracha» (Kitob) dovonidan o‘tgan qismlarida 4 yanvar kuni kuchli qor yog‘ishi va ko‘rish imkoniyati keskin pasayganligi sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top