02:07 / 06.01.2020
0
13314
Erdo‘g‘an Liviyaga turk harbiylari jo‘natilishi boshlanganini e'lon qildi 
Foto: AP

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 5 yanvarda Liviyaga turk harbiylari jo‘natilishi boshlanganini e'lon qildi.  

“Bizning harbiylar vazifasiga muvofiqlashgan harakatlar kiradi. Turkiyalik harbiylar Liviyaning qonuniy hukumati xavfsizligini ta'minlash uchun sekin-asta jo‘natilishi boshlandi”, deb aytgan Erdo‘g‘an CNN Turk telekanali efirida. 

Erdo‘g‘an, shuningdek, hozirda Liviyada Rossiyaning “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasidan 2,5 ming va Sudandan 6 ming jangchi borligini ta'kidlab o‘tgan. “Qonuniy hukumat bu haqida bizdan so‘raganda, nima uchun u yerga bormasligimiz kerak?”, deb savol bilan yuzlangan Turkiya prezidenti.  

O‘tgan hafta Anqara Liviyaga harbiylar jo‘natilishini ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini tasdiqlagandi. 

Ayni vaqtda Liviyada parallel ravishda ikkita ijro hokimiyati organi faoliyat olib bormoqda: Fayoz Sarojning BMT tomonidan tan olingan Tripolidagi Milliy kelishuv hukumati va mamlakat sharqidagi Beng‘ozi shahridagi parlament bilan birgalikda amalda bo‘lgan va feldmarshal Halifa Haftarning Liviya milliy armiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi Abdulla Abdurahmon as-Soniyning muvaqqat mahkamasi.

12 dekabrda Haftar Tripoliga hal qiluvchi yurish boshlanishini e'lon qilgandi. 

Mavzu
Liviyadagi urush
2011 yildan buyon fuqarolik urushi holatida bo‘lgan Liviyada vaziyat yanada chigallashmoqda. Turkiya Liviya bilan harbiy sohadagi hamkorlik asosida Afrika shimoliga o‘z harbiylarini yo‘llamoqda.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top