16:07 / 06.01.2020
0
79134
«O‘zgidromet» hafta davomida qanday ob-havo kutilayotganini ma'lum qildi
Foto: KUN.UZ

Bugun, 6 yanvar kuni Volgabo‘yi hududidan kirgan sovuq va nam havo oqimi sababli O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi. 

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, 7 yanvar kuni faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida beqaror ob-havo saqlanib turadi, bu joylarda yomg‘ir, qor yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliqqacha, kunduzi 0-5 daraja iliqqacha pasayadi.

8-9 yanvar kunlari ob-havoning yog‘ingarchiliksiz, kam bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Antisiklon chegarasi ta'siri natijasida harorat kechasi manfiy ko‘rsatkichlargacha pasayib 3-5 daraja sovuqni tashkil qiladi.

Kunduzi quyosh havoni ilitib, 9 yanvarga kelib havo harorati 7-12 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

10 yanvarda sovuq havo oqimi O‘zbekiston hududidan chekinadi. Tungi harorat 0-2 daraja sovuqqacha ko‘tariladi, kunduzi 7-12 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top