10:45 / 06.01.2020
0
7665
«O‘zgidromet» Toshkentda havo ifloslanishi darajasi haqida ma'lumot berdi
Foto: LiveJournal

«O‘zgidromet» Toshkentda havo ifloslanishi ko‘rsatkichlari haqida ma'lumot berdi. 

Qayd etilishicha, 3 yanvar va 4 yanvar tongida Toshkent shahri meteorologik sharoitlari havo muhitida bir oz zararli moddalar yig‘ilishiga imkoniyat yaratdi.

Statsionar postlarning kuzatuv ma'lumotlariga ko‘ra quyidagi tumanlarda havoning ifloslanishi bir martalik maksimal ruxsat etilgan me'yor (REM b.m.) dan ortgani qayd etilgan.

Azot dioksidi bo‘yicha:

Yunusobod, Yashnobod, Mirzo-Ulug‘bek tumanlarida REM b.m.dan yuqori 3 holat kuzatildi.

Boshqa tumanlarda olingan ma'lumotlar bo‘yicha zararli moddalar miqdori ruxsat etilgan me'yordan yuqori bo‘lgani kuzatilmadi.

7 yanvar va 8 yanvar tongida Toshkent shahrining ob-havo sharoiti shahar havo muhitida bir oz zararli moddalar tarqalishiga imkoniyat yaratadi. Ifloslanish darajasi past bo‘ladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top