13:20 / 06.01.2020
8
43183

O‘zLiDeP bosh vazir nomzodini ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ldi

Foto: Valeriy Melnikov

Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida MSK raisi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov ishtirokida press-brifing bo‘lib o‘tmoqda. 

Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomovning ma'lum qilishicha, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi bosh vazir nomzodini ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ldi.

«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga muvofiq Bosh vazir nomzodini ko‘rsatish huquqiga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi ega bo‘ldi.

Deputatlarning 9 nafari yoki 6 foizi 30 yoshgacha, 97 nafari yoki 65 foizi 30 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lganlar hamda 44 nafari yoki 29 foizi 50 yoshdan katta yoshdagilar. Eng yosh deputat 26 yoshda. Eng yoshi ulug‘ deputat 71 yoshda. Deputatlarning o‘rtacha yoshi 46 yoshni tashkil etmoqda», - deya aytib o‘tdi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov.

Eslatib o‘tamiz, saylov yakunlariga ko‘ra, Qonunchilik palatasida siyosiy partiyalar quyidagicha  deputatlik o‘rinlariga ega bo‘ldilar:

1. O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi – 53ta deputatlik o‘rni;
2. «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi – 36ta deputatlik o‘rni;
3. O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi – 24ta o‘rin;
4. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi – 22ta o‘rin;
5. O‘zbekiston Ekologik partiyasi – 15ta o‘rinni egalladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top