18:26 / 06.01.2020
2
22563
To‘ra Bobolov elektr bormagan olis tog‘ qishlog‘i ahli bilan uchrashdi
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Sariosiyo tumani markazidan 110 km uzoqlikda joylashgan Kundaijuvoz qishlog‘i ahli bilan uchrashdi.

Qishloqda 43ta xo‘jalik, 200 nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Bobolov viloyat va tuman sektorlari rahbarlari bilan birgalikda qishloq aholisi bilan suhbatlashib, tog‘liklarning turmush tarzi, yashash sharoitlari bilan tanishgan.

«Qishloq odamlari turli masalalardagi ehtiyojlari xususida viloyat hokimiga so‘zlab berdilar. Tashrif davomida kam ta'minlangan va nogironligi bor oilalar holidan xabar olindi, ularning farzandlariga qishki kiyim-kechaklar sovg‘a qilindi», – deyiladi xabarda.

Hozirda Kundaijuvoz qishlog‘i aholisini  elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida hududda zamonaviy quyosh fotoelektr stansiyasi (quyosh batareyasi)ni o‘rnatish, viloyat shifokorlari tomonidan aholini chuqurlashtirilgan tibbiy-ko‘rikdan o‘tkazish va boshqa shart-sharoitlarni yaratish choralari ko‘rilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top