11:20 / 06.01.2020
2
21184
Toshkentda ayol va uning 2 yoshli farzandi is gazidan zaharlanib vafot etdi
Foto: Shutterstock

2020 yilning 5 yanvar kuni soat 22:10larda Toshkent shahri Yunusobod tumani, Bobodehqon mahallasida yashovchi N.I. (1987 y.t.) va farzandi D.T. (22.03.2017 y.t.) uyning yuvinish xonasidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib, hodisa joyida vafot etganlar.

Bosh prokuratura ma'lumotida aytilishicha, mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, 5 yanvar kuni soat 07:00larda Andijon shahri, Andijon mahallasidagi “Halol luqma” MChJda ishlovchi Sh.N. (2001 y.t.), D.N. (2001 y.t.) va D.M. (2000 y.t.) MChJga qarashli bo‘lgan dam olish xonada uxlab yotgan vaqtlarida, xonaga o‘rnatilgan isitish moslamasidagi gaz o‘chib yonganligi natijasida is gazidan zaharlanib, shifoxonaga murojaat qilganlar.

Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top