23:10 / 07.01.2020
0
12982
«Barsa» va «Real» Ispaniya Superkubogi uchun tarkibini e'lon qildi. Tarkibda yo‘qotishlar bor

8-9 yanvar kunlari yangi formatda o‘tkaziladigan Ispaniya Superkubogining yarim final uchrashuvlari o‘tkaziladi.

 Saudiya Arabistonida o‘tadigan Superkubok bahslari yarim final va finaldan iborat bo‘ladi. Chorshanba oqshomida «Real» - «Valensiya», payshanbadan jumaga o‘tar kechasi esa «Barselona» - «Atletiko» yarim final bahsi o‘rin olgan.

 «Barselona» va «Real» klublari Superkubok uchun Saudiya Arabistoniga yo‘l oladigan tarkiblarini e'lon qilishdi.

 Kataloniyaliklar tarkibidan darvozabon Mark-Andre ter Shtegen va yarimhimoyachi Artur hamda vinger Usmon Dembelelar o‘rin olmagan.

 Madridliklar safidan esa jarohati bois, Karim Benzema, Garet Beyl, Eden Azar va Marko Asensiolar qaydnomadan o‘rin olishmadi

 «Barselona» qaydnomasi:
 Darvozabonlar:
 Neto, Inyaki Penya, Tenas;
 Himoyachilar: Semedu, Pike, Todibo, Langle, Alba, Umtiti, Firpo, Vage, Arauxo;
 Yarim himoyachilar: Rakitich, Buskets, Serji Roberto, de Yong, Vidal, Karles Peres, Puch, Fati, Kolyado;
 Hujumchilar: Suares, Messi, Grizmann.

«Real» Madrid qaydnomasi:
Darvozabonlar:
 Tibo Kurtua, Alfons Areolya, Diyego Altube.
Himoyachilar: Dani Karvaxal, Serxio Ramos, Rafael Varan, Eder Militao, Nacho Fernandes, Marselo, Ferlan Mendi, Alvaro Odriosola.
Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Federiko Valverde, Xames Rodriges, Isko.
Hujumchilar: Luka Yovich, Braim Dias, Mariano Dias, Lukas Vaskes, Vinisius Junior, Rodrigo Goes.

 Ispaniya Superkubogi.
Yarim final. 8 yanvar

23:55. «Real» - «Valensiya»

Yarim final. 9 yanvar
23:55. «Barselona» - «Atletiko».

Final. 12 yanvar

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top