13:19 / 07.01.2020
0
29696
Ruhoniy AQShdagi obektlarga zarba berish uchun Eronda sabab ko‘proqligini aytdi 
Foto: EPA-EFE/ABEDIN TAHERKENAREH

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Eronda o‘ch olish maqsadida AQShdagi obektlarga zarba berish uchun Vashingtondan ko‘ra ko‘proq sabab borligini aytdi va Eronning 1988 yilda urib tushirilgan yo‘lovchi samolyotini bunga misol qilib keltirdi.

4 yanvarda AQSh prezidenti Donald Tramp agar Tehron general Qosim Sulaymoniyning o‘limi uchun o‘ch olishni boshlasa, AQSh Erondagi 52 ta obektni, jumladan madaniy meros obektlarini nishon ostiga olib qo‘yganini ma'lum qilgan. 

Tramp bunda 1979 yil AQShning Tehrondagi elchixonasida yuz bergan voqea vaqtida garovga olingan 52 amerikalikni  nazarda tutgan. O‘shanda eronlik isyonchilar guruhi AQSh elchixonasidagi o‘nlab odamlarni garovga olgan. Ulardan ba'zilarini tezda ozod qilishga muvaffaq bo‘lingan, biroq 52 kishi 1981 yilga kelibgina ozod qilingan.

“Kim 52 soniga tayanayotgan bo‘lsa, 290 soni va IR655 reysini unutmasin. Hech qachon Eron xalqiga tahdid qila ko‘rmang”, deb yozgan Ruhoniy tvitterda bunga javoban.

Ruhoniy 290 soni ostida 1988 yil 3 iyulda Fors ko‘rfazi ustida AQSh raketasi bilan urib tushirilgan Airbus A300B2-203 yo‘lovchi samolyotini va o‘sha voqeada halok bo‘lganlarni nazarda tutgan. Iran Air aviakompaniyacining bortida 290 kishi bo‘lgan samolyoti Tehrondan Dubayga uchayotganda AQShning Vincennes kreyseridan uchirilgan “yer-havo” turidagi raketa bilan urib tushirilgan. Hujum oqibatida samolyotdagi barcha odam – 274 yo‘lovchi, jumladan 65 bola va ekipajning 16 a'zosi halok bo‘lgan.

Mavzu
Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi
Eron tashqi siyosati bunyodkori, Yaqin Sharq bo‘yicha bosh strategi, Eron Islom inqilobi muhofazasi korpusi tarkibidagi «Kuds» maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy Bag‘doddagi aeroportda AQSh prezidenti Donald Tramp farmoyishiga binoan o‘ldirildi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top