20:02 / 07.01.2020
0
25931

Saudiya Arabistonida «eng xavfli terrorchi» qo‘lga olingani ma'lum qilindi

Foto: AP

Saudiya Arabistonining Kutayf shahrida mamlakatda qidiruvda bo‘lgan eng xavfli jinoyatchi qo‘lga olingani xabar qilindi. Bu haqda "Al-Ixbariya" telekanali xabar berdi.

"Kutayfda o‘ta xavfli terrorchi Husayn Ali Aal Ammor qo‘lga olindi", - deyiladi telekanal xabarida.

U prokuror Muhammad Jironiyni o‘g‘irlash va o‘ldirish, Dammomda patrul mashinasini o‘qqa tutish va inkassatorga hujum qilish kabi jinoyatlarda ayblangan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top