22:30 / 07.01.2020
1
14817
Manba: Tripoliga turkiyalik harbiylarning birinchi guruhi yetib keldi
Foto: AP

Liviya poytaxti Tripoliga turkiyalik harbiylarning birinchi guruhi Fayoz Sarrojning Milliy kelishuv hukumati tuzilmalarini qo‘llab-quvvatlash uchun yetib keldi. AfrigateNews nashrining xabar berishicha, bu haqda 7 yanvarda Tripolidagi hukumat tomonidan o‘tkazilayotgan “G‘azab vulqoni” kampaniyasi kuchlari qo‘mondoni Nosir Ammar ma'lum qildi.    

“Turk harbiylarining birinchi guruhi poytaxtimizga yetib kelgandan keyin bizning kuchlar Liviya armiyasiga katta talofat yetkaza oladi”, deb aytgan Ammar. Biroq u turk harbiylari Tripoliga qachon yetib kelganiga aniqlik kiritmagan. Ammarning ta'kidlashicha, endi Milliy kelishuv hukumati tuzilmalari Liviya milliy armiyasi samolyotlarini urib tushira oladi, jangovar samolyotlari esa “ortda qo‘llab-quvvatlovni his qilgan holda” bemalol uchib, dushman pozitsiyalariga zarba bera oladi.

Uning ma'lum qilishicha, avvalroq Milliy kelishuv hukumati kuchlari jangovar aviatsiyasi Al-Vatiya aerodromiga zarbalar berib, uning infratuzilmasiga jiddiy putur yetkazgan va marshal Halifa Haftarning boshqa bazalarini bombardimon qilmoqchi. “Bugungi kundan boshlab hech qanday iltifotlar bo‘lmaydi”, deb ta'kidlab o‘tgan Ammar. 

5 yanvarda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Liviyaga turk harbiylari jo‘natilishi boshlanganini e'lon qilgan. Erdo‘g‘anning ta'kidlashicha, turk harbiylari vazifalariga “Liviyaning qonuniy hukumati xavfsizligini ta'minlash” va “muvofiqlashgan harakatlar” kiradi hamda ular jangovar harakatlarda bevosita ishtirok etmaydilar.

Mavzu
Liviyadagi urush
2011 yildan buyon fuqarolik urushi holatida bo‘lgan Liviyada vaziyat yanada chigallashmoqda. Turkiya Liviya bilan harbiy sohadagi hamkorlik asosida Afrika shimoliga o‘z harbiylarini yo‘llamoqda.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top