12:30 / 08.01.2020
0
2779

Abdulaziz Komilov UNFPA vakolatxonasining yangi rahbarini qabul qildi

Foto: TIV axborot xizmati

2020 yil 8 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) vakolatxonasining yangi rahbari Yu Yuni qabul qildi.

Yu Yu o‘zining O‘zbekistonga tayinlanganligi to‘g‘risidagi BMT bosh kotibining o‘rinbosari va UNFPA ijrochi direktori Nataliya Kanemning maktubini topshirdi.

Vazir Yu Yuni mazkur lavozimga tayinlanganligi bilan tabrikladi va muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishini tiladi.

Suhbat chog‘ida o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish va barqaror rivojlanishni ta'minlashga yo‘naltirilgan qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq qilishning samaradorligini oshirish borasida tomonlarda qiziqish borligi tasdiqlandi.

O‘zbekistonning BMT bilan hamkorlikka muhim ahamiyat qaratishi, xavfsizlikning global muammolari hamda mamlakatlar va mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid masalalarni hal qiluvchi universal tashkilot deb bilishi ta'kidlandi.

Uchrashuvda 2022 yilda UNFPA ko‘magida mamlakatda aholini ro‘yxatga olishning o‘tkazilishi bilan bog‘liq amaliy masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top