18:41 / 08.01.2020
6652
EPSILON: «O‘zbekneftgaz» hamkorligida uglevodorodlar qazib chiqarish ko‘paytirilib, gaz yetkazish tarmog‘i kengaytirilmoqda
Foto: EPSILON

GRP ishlaridan so‘ng, 8 yanvar kuni Doya Xotin konidagi uchta quduqning umumiy kunlik debiti 280 ming kub.m gacha ko‘paydi. 

Doya Xotin-6 qudug‘ining kunlik debiti 0 dan 80 ming kub.m gacha ortdi.

Doya Xotin-17 qudug‘ining kunlik debiti 60 mingdan 100 ming kub.m gacha ortdi.

Doya Xotin-58 qudug‘ining kunlik debiti 55 mingdan 100 ming kub.m gacha ortdi.

 «Chigil YP – Muborak GQIZ» gaz uzatish quvuri qurilishi davom etmoqda.

8 yanvar holatiga ko‘ra:

  • Keltirish uchun yuklangan quvurlar 80 ming tn;
  • Keltirilgan quvurlar 55,8 ming tn;
  • Kavlangan zovurlar 118,6 km;
  • Qatorga payvandlangan quvurlar 152,9 km;
  • Yotqizilgan quvurlar 117,5 km ni tashkil etdi.

EPSILON kompaniyasi Matbuot xizmati

Top