10:30 / 08.01.2020
1
54023
Eronda qulagan samolyotning barcha yo‘lovchilari halok bo‘lgan - OAV
Foto: AP Photos/Mohammad Nasiri

Eronda qulagan Ukraina layneri bortida bo‘lgan barcha insonlar halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda Reuters Eron televideniyesiga asoslanib.

«RIA Novosti»ga mamlakat Aviatsiya vazirligi vakili Ja'far Zodaning ma'lum qilishicha, samolyotda 167 yo‘lovchi bo‘lgan. Eronning Press TV telekanali xabariga ko‘ra, bortda kamida 170 kishi bor edi.

Tehrondagi shoshilinch yordam markazi rahbarining ma'lum qilishicha, halok bo‘lganlar shaxsini aniqlashning imkoni bo‘lmayapti. Hozirda qutqaruvchilar taxminan ikki gektar hududda yo‘lovchilarning jasadlarini yig‘ishmoqda, ular keyin sud-tibbiyot ekspertlariga topshiriladi.

Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti Tehrondagi Imom Xumayniy xalqaro aeroportidan parvozga ko‘tarilganida qulab tushdi. Layner Ukraina aviakompaniyasiga tegishli. Halokatga «texnik muammolar» sabab bo‘lgan.

Flightradar servisi ma'lumotlariga ko‘ra, gap PS752 reysi haqida bormoqda. Samolet Tehrondan Toshkent vaqti bilan 6:42da uchgan va oradan ikki daqiqa o‘tib signal yuborishni to‘xtatgan.

Ushbu reys haqidagi ma'lumotlar «Ukraina xalqaro aviayo‘nalishlari» saytida mavjud. U yerda samolyot Kiyevga soat 5:15da uchib ketgani ma'lum qilingan.

O‘z navbatida, Iordaniyaning Al-hadath nashri ma'lumotiga ko‘ra, samolyot tasodifan Eron raketasi bilan urib tushirilgan bo‘lishi mumkin. Biroq, bu faqat versiyalardan biri ekani aytilmoqda.

Mavzu
Eronda Ukraina samolyoti halokati
Eronda 8 yanvar kuni «Ukraina xalqaro avialiniyalari» (MAU)ning Boeing 737 samolyoti halokatga uchradi. Uning bortidagi 180ga yaqin kishi halok bo‘ldi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top