09:41 / 08.01.2020
0
54887
Ichki ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Bahodir Yo‘ldoshevich Mirzarahimov

Ichki ishlar vazirining jazoni ijro etishni ta'minlash va harbiy tuzilmalar bo‘yicha o‘rinbosari tayinlandi.

Vazirlik xabarida aytilishicha, general-mayor Bahodir Yo‘ldoshevich Mirzarahimov ichki ishlar vazirining jazoni ijro etishni ta'minlash va harbiy tuzilmalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egalladi.

Bahodir Mirzarahimov tayinlovga qadar Ichki ishlar vazirligi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi tayinlandi.

Bahrombek Qahramanovich Adilov

Qayd etilishicha, polkovnik Bahrombek Qahramanovich Adilov Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimini egalladi.

Bundan oldin, polkovnik Hasan Botirov Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlangani xabar berilgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top