13:36 / 08.01.2020
0
11388
O‘zbekiston MDH doirasidagi yana ikkita hujjatga qo‘shildi

Bu prezidentning PQ-4547-son va PQ-4548-son qarorlarida bayon etilgan, deb yozmoqda Norma.

Quyidagi xalqaro shartnomalar to‘g‘risida so‘z bormoqda:

2006 yil 28 noyabr kuni Minsk shahrida MDH davlatlari rahbarlari kengashi yig‘ilishida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining gumanitar hamkorlik bo‘yicha kengashi to‘g‘risidagi bitim. O‘zbekiston madaniyat vazirligi ushbu hujjatni amalga oshirishda mas'ul, vakolatli organ hisoblanadi;

2008 yil 10 oktabr kuni Bishkek shahrida MDH davlatlari rahbarlari kengashi yig‘ilishida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining hududlararo va chegara oldi hamkorligi bo‘yicha kengashi to‘g‘risidagi bitim. Ushbu hujjatning O‘zbekistonda amalga oshirilishi uchun Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (vakolatli organ) mas'uldir.
 
Mamlakat TIV mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun O‘zbekiston tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi haqidagi tegishli bildirishnomani depozitariyga yuboradi.
 
Hukumat hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirganidan keyin davlatning majburiyatlari bajarilishi ustidan nazorat yuritishlari lozim.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top