13:31 / 08.01.2020
1
4604
O‘zbekiston - Tojikiston demarkatsiya komissiyasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Foto: TIV axborot xizmati

2020 yilning 7 yanvar kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi Qo‘shma demarkatsiya komissiyasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

TIV xabariga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida strategik sherikchilik bilan mustahkamlangan ikki tomonlama munosabatlarning yuqori darajada ekanligi qayd etildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish uchun asos bo‘ladigan normativ-huquqiy va texnik hujjatlar tasdiqlandi. Shuningdek, 2020 yil uchun uchrashuvlar reja-jadvali kelishildi.

Muzokaralar konstruktiv va do‘stona muhitda o‘tdi, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, tadbir yakuniga ko‘ra tegishli Bayonnoma imzolandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top