13:00 / 08.01.2020
0
46640

Tehronda qulagan samolyot yo‘lovchilari soniga aniqlik kiritildi, ularning ko‘pchilik qismi eronliklar

Foto: EPA/Vostock-photo

Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa xizmati (SNBO) «Ukraina xalqaro avialiniyalari» aviakompaniyasining Tehron yaqinida halokatga uchragan yo‘lovchi samolyotida bo‘lganlar soni haqida ma'lumot berdi.

Samolyot Eron poytaxtidan Kiyevga parvoz qilayotgan edi. 

Ma'lum qilinishicha, Boeing-737 bortida jami 167 yo‘lovchi va ekipajning 9 nafar a'zosi bo‘lgan. Ukraina bosh vaziri Aleksey Goncharukning tasdiqlashicha, samolyotdagi 11 kishi - 2 yo‘lovchi va ekipajning 9 a'zosi Ukraina fuqarolari edi.

Ukraina elchixonasi hozircha ushbu samolyot halokati terakt oqibatida ro‘y bergani haqidagi taxminlarni istisno qilgan.

O‘z navbatida, Eron nashrlari tarqatgan ma'lumotga ko‘ra, samolyotda jami 179 kishi bo‘lgan, shundan 147 nafari eronliklar va 32 nafar xorijlik. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchilarning aksari Kanadada tahsil oluvchi eronlik talabalar bo‘lishgan.

Eron tomoni halokatga samolyot dvigatelida yong‘in chiqishi sabab bo‘lganini bildirgan.

«Agar samolyotni raketa urganida u havodayoq portlagan bo‘lardi», degan Eronning Yo‘llar va shaharsozlik vazirligi rasmiysi Kassir Nizami Boeing’ga raketa urilgani haqidagi xabarlarni rad eta turib.

Bundan avvalroq ijtimoiy tarmoqda Eronda halokatga uchragan samolyot yo‘lovchilari orasida o‘nlab kanadaliklar bo‘lgani to‘g‘risida tasdiqlanmagan ma'lumot tarqalgandi:

• Eron fuqarolari - 71 nafar
• Kanada fuqarolari - 73
• Germaniya fuqarolari - 4
• Buyuk Britaniya fuqarolari - 3
• Shvetsiya fuqarolari - 8
• Afg‘oniston fuqarolari - 6
• Ukraina fuqarolari - 2 nafar yo‘lovchi va ekipajning 9 nafar a'zosi.

Mavzu
Eronda Ukraina samolyoti halokati
Eronda 8 yanvar kuni «Ukraina xalqaro avialiniyalari» (MAU)ning Boeing 737 samolyoti halokatga uchradi. Uning bortidagi 180ga yaqin kishi halok bo‘ldi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top