16:50 / 09.01.2020
1
34023
2019 yilda fuqarolar tomonidan qancha dollar sotilgani va sotib olingani ma'lum bo‘ldi
Foto: BILAWAL ARBAB / EPA / TASS

2019 yilda jismoniy shaxslar tomonidan valuta ayirboshlash shoxobchalari orqali sotilgan chet el valutasi miqdori 3,8 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi.

Markaziy bankning 2019 yilda ichki valuta bozori va uning rivojlanish tendensiyalariga doir sharhida aytilishicha, bu ko‘rsatkich avvalgi yilga nisbatan 41 foizga oshdi (2018 yil - 2,7 mlrd. AQSh doll.). 

Shu bilan birga, jismoniy shaxslar tomonidan 1,8 mlrd. AQSh dollari sotib olinib, mazkur ko‘rsatkich 2018 yilga (975 mln. AQSh doll.) nisbatan 1,9 barobarga o‘sdi.

Hisobot davrida banklar va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi valuta oldi-sotdi operatsiyalari hajmi saldosi 2 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, 2018 yilga nisbatan 16 foizga oshdi.

Xalqaro pul o‘tkazmalari hajmining mavsumiy kamayishiga qaramay, 2019 yilning dekabr oyida jismoniy shaxslar tomonidan naqd chet el valutasini sotish (500 mln. AQSh doll.) va sotib olish (305 mln. AQSh doll.) hajmi tarixiy maksimal darajaga yetdi. Ushbu holat, yil yakunida aholi va tadbirkorlarning o‘z moliyaviy majburiyatlarini bajarishi faollashganligi bilan izohlangan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top