01:05 / 09.01.2020
0
27186
Eronda 9 yanvar ikki fojia sababli motam kuni deb e'lon qilindi

Eronda 9 yanvar ikki fojia munosabati bilan motam kuni deb e'lon qilindi

Foto: EPA

Eron hukumati 9 yanvar kunini umummilliy motam kuni deb e'lon qildi. Bu haqda Eron hukumati vakili Ali Rabiy xabar berdi.

Uning tvitterda yozishicha, Eron ushbu qarorni general Qosim Sulaymoniy bilan vidolashuv marosimida yuzaga kelgan tiqilinchda o‘nlab eronliklar halok bo‘lgani munosabati bilan qabul qilgan. Eronning Kirmon viloyatida o‘tgan marosimda 56 kishi halok bo‘lgan.
 
Bundan tashqari, Eron “Ukraina xalqaro avialiniyalari” aviakompaniyasiga tegishli "Boing-737" samolyoti halokati oqibatida hayotdan ko‘z yumganlarni xotirlaydi.

Tehron yaqinida yuz bergan aviahalokatda 167 yo‘lovchi va ekipajning 9 nafar a'zosi halok bo‘lgan. Samolyotdagi yo‘lovchilarning aksariyati eronliklar bo‘lgan. 

Mavzu
Eronda Ukraina samolyoti halokati
Eronda 8 yanvar kuni «Ukraina xalqaro avialiniyalari» (MAU)ning Boeing 737 samolyoti halokatga uchradi. Uning bortidagi 180ga yaqin kishi halok bo‘ldi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top