22:50 / 09.01.2020
1
24424

Sergey Lavrovning O‘zbekistonga tashrifi bir necha kunga surildi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning O‘zbekistonga tashrifi bir necha kunga surildi.

Foto: TASS

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligida ma'lum qilinishicha, 9 yanvarda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. 

Xabarda ta'kidlanishicha, xalqaro tadbirlar jadvalidagi ayrim o‘zgarishlar sababli Rossiya tashqi ishlar vazirining Toshkentga rasmiy tashrifi sanasi 12-13 yanvardan 15-16 yanvarga ko‘chirilgan.  

Tomonlar muloqot davomida, shuningdek, ikki tomonlama va xalqaro kun tartibidagi joriy masalalar bo‘yicha fikrlar almashishgan.

Lavrovning O‘zbekistonga tashrifining avval kelishilgan dasturining asosiy bandlari o‘zgarishsiz qoladi. 

Avvalroq AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning O‘zbekistonga 5-6 yanvarga belgilangan tashrifi keyinroqqa qoldirilgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top