10:39 / 09.01.2020
0
26296
Sirdaryoda o‘lim bilan yakunlangan janjal yuz berdi
Foto: Tergov departamenti

2020 yil 3 yanvar kuni soat 18:30larda Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani, Binafsha mahallasida 24 yoshli I.Yu. va 53 yoshli N.M. mast holatda bo‘la turib, o‘zaro janjallashib qolgan, janjal davomida I.Yu. qo‘llari va oyoqlari bilan urib-tepib N.M.ga tan jarohatlari yetkazgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, natijada N.M. Oqoltin tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan, ammo unga ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Oqoltin tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi, 3-qismi, “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, I.Yu. ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top