15:50 / 09.01.2020
9219
Turonbank tizimidagi bankomatlar orqali “MIR” xalqaro to‘lov kartalariga xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi
Foto: Turonbank

Bugungi kunda Turonbank “Uzcard” va “Humo” milliy to‘lov tizimlari orqali “Visa”, “Mastercard”, “Maestro” “Union Pay” xalqaro to‘lov tizimlariga o‘zining zamonaviy bankomat va terminallari bilan xizmat ko‘rsatib kelmoqda.      

2020 yilning 1 yanvaridan boshlab esa, qo‘shimcha ravishda Rossiya Federatsiyasining “MIR” xalqaro to‘lov kartalariga ham xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ydi. Mazkur to‘lov tizimning ishga tushirilishi Rossiya Federatsiyasidan tashrif buyuruvchi sayyohlarga yanada  qulayliklar yaratadi. Shuningdek, savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari, bank bilan shartnoma imzolagan holda terminallar orqali mazkur kartalarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatidan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Mazkur tizim ishga tushirilgandan so‘ng, Turonbankda umumiy 7 turdagi milliy va xalqaro to‘lov kartalariga xizmat ko‘rsatilishi ta'minlandi. Yaratilgan qulayliklar aholimiz va yurtimiz mehmonlariga naqd va naqdsiz ko‘rinishdagi to‘lovlarni amalga oshirishda o‘z ko‘magini beradi, degan umiddamiz.

Ma'lumot uchun:

Sayt: turonbank.uz

Telegram: t.me/turonbankuz

Facebook: fb.com/turonbank

Instagram: turonbank

Call-sentr: (+998 95) 144-60-00  

Reklama huquqi asosida

Top