00:31 / 10.01.2020
0
6866
Abxaziya parlamenti prezidentning iste'fosi uchun ovoz berdi 
Foto: RIA "Novosti"

Abxaziya parlamenti prezident Raul Xajimbaning iste'fosi uchun ovoz berdi. Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar berdi.  

Ayni vaqtda Abxaziyada muxolifatning norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Prezident ma'muriyatiga bostirib kirganlar prezidentning iste'fosini talab qilishgan.

Biroq Xajimba iste'foga ketishdan bosh tortgan. U xavfsizlik kengashi favqulodda yig‘ilishini o‘tkazib, respublikada zarurat bo‘lsa favqulodda vaziyat kiritilishini aytgan.

Parlament prezident bilan muzokaralarga 5 kishini jo‘natgan. Shunisi ma'lumki, uchrashuv keskin tarzda o‘tgan.

9 yanvarda Suxumda muxolifat tarafdorlarining norozilik namoyishlari boshlandi. Namoyishchilarning ta'kidlashicha, 2019 yilda respublikada o‘tgan prezident saylovlarida amaldagi prezident ko‘pchilik ovoz to‘play olmagan. Ular shu sababli yangi saylovlar o‘tkazilishini talab qilishmoqda hamda prezident saylovlarida mag‘lub bo‘lgan muxolifatchi Alxas Kvitsiniya ishining sudda ko‘rilishi, 2019 yil noyabrda Suxumda yuz bergan otishmaning tergovi borishi hamda respublikdagi yomon ijtimoiy-iqtisodiy holat va korrupsiyadan norozilik bildirishmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top