22:45 / 10.01.2020
0
6953
Britaniyaning “Brekzit”dan ko‘rgan ziyoni 170 mlrd dollarga yetdi 

Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi jarayoni bugungi kunda Birlashgan qirolikka 170 mlrd dollarga aylandi, London yil oxirigacha yana 90 mlrd dollar yo‘qotadi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.

Britaniyaning “Brekzit” bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tgan 2016 yildan beri eng katta yo‘qotishlari 2019 yilda qayd qilindi – 82 mlrd dollar. Bloomberg Economics iqtisodchisi Den Xensonning aytishicha, Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi borasidagi mavhumlik kompaniya va iste'molchilarga ta'sir qilmoqda. 

Jumladan, Britaniyaning yillik iqtisodiy o‘sishi 2 foizdan 1 foizgacha kamaygan. Britaniya iqtisodiyoti Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlar qo‘llab-quvvatlanganda hozirgidan 3 foiz ko‘proq bo‘lardi. Xensonning ta'kidlashicha, oxirgi yillarda iqtisodiy o‘sishning pasayishi butun dunyoda qayd qilinmoqda, ammo Britaniya iqtisodiyoti “Katta yettilik” davlatlaridan ortda qolmoqda. Iqtisodchi “Brekzit” jarayoni yakunlangandan keyin ham Birlashgan qirollik iqtisodiyoti darhol tiklanmasligidan ogohlantirgan.

2016 yilda Britaniyada referendum o‘tkazilib, uning natijalariga ko‘ra Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishga qaror qilingan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top