15:11 / 10.01.2020
3
63984
Osiyo chempionatining eng qimmatbaho futbolchilari: Top-10 reytingdan o‘zbekistonlik futbolchi ham joy oldi
Foto: Tribuna.uz

«Transfermarkt» portali Tailandda o‘tayotgan (U-23) Osiyo chempionatining eng qimmatbaho futbolchilari ro‘yxatini e'lon qildi. Quvonarlisi, reytingning dastlabki o‘nligidan O‘zbekiston olimpiya jamoasi yarimhimoyachisi Aziz G‘aniyev ham joy olgan.

Ro‘yxatda Osiyo chempionatining eng qimmat futbolchisi sifatida ikki futbolchi - Janubiy Koreya olimpiya jamoasi a'zosi Chong Vu Yon va Iordaniya olimpiya jamoasi vakili Muso Sulaymon Al-Taamariy qayd etilgan. Germaniyaning «Frayburg» klubining 20 yoshli hujumkor yarimhimoyachisi Chong Vu Yon singari, Kiprning APOEL klubi yarimhimoyachisining narxi – 2 million yevroga baholangan.

 Uchinchi pog‘onani Yaponiya olimpiya jamoasi hamda «Yokohama Marinos» klubi chap qanot vingeri Keyta Endo band etgan. 22 yoshli futbolchining transfer bahosi 1,6 million yevroni tashkil etadi.

 Top-10likning 6-pog‘onasidan 2018 yilgi Osiyo chempioni, O‘zbekiston olimpiya jamoasi yarimhimoyachisi Aziz G‘aniyev o‘rin olgan. «Nasaf» klubining 21 yoshli futbolchisining transfer bahosi 1,1 million yevroni tashkil etadi.

 E'tiborlisi, eng qimmatbaho osiyolik yosh futbolchilarning asosiy qismini yaponiyalik olimpiyachilar tashkil etgan. Quyida reytingning top-10ligi bilan tanishishingiz mumkin:

 Osiyo chempionati-2020ning eng qimmatbaho 10 futbolchisi:

 1-2. Chong Vu Yon
Mamlakati:
Janubiy Koreya
Klubi: Frayburg (Germaniya)
Transfer bahosi: 2 million yevro

1-2. Muso Sulaymon Al-Taamariy
Mamlakati:
Iordaniya
Klubi: APOEL (Kipr)
Transfer bahosi: 2 million yevro

3. Keyta Endo
Mamlakati:
Yaponiya
Klubi: Yokohama Marinos (Yaponiya)
Transfer bahosi: 1,6 million yevro

 4. Daiki Suga
Mamlakati:
Yaponiya
Klubi: Konsadole Sapporo (Yaponiya)
Transfer bahosi: 1,3 million yevro

 5. Tsukasa Morishima
Mamlakati:
Yaponiya
Klubi: Sanfrechche Xirosima (Yaponiya)
Transfer bahosi: 1,2 million yevro

 6. Aziz G‘aniyev
Mamlakati:
O‘zbekiston
Klubi: Nasaf (O‘zbekiston)
Transfer bahosi: 1,1 million yevro

 7. Daiki Xasioka
Mamlakati:
Yaponiya
Klubi: Urava Red Daymonds (Yaponiya)
Transfer bahosi: 1,1 million yevro

 8. Daiki Sugioka
Mamlakati:
Yaponiya
Klubi: Kashima Antlers (Yaponiya)
Transfer bahosi: 1 million yevro

 9. Keysuke Osako
Mamlakati:
Yaponiya
Klubi: Sanfrechche Xirosima (Yaponiya)
Transfer bahosi: 1 million yevro

 10. Ao Tanaka
Mamlakati:
Yaponiya
Klubi: Kavasaki Frontale (Yaponiya)
Transfer bahosi: 1 million yevro.

 Usmon Ibodov tayyorladi.

Mavzu
Osiyo chempionati-U23
8 yanvar kuni Tailandda U-23 terma jamoalari o‘rtasidagi navbatdagi Osiyo chempionati start oldi. O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etayotgan turnir 26 yanvarga qadar davom etadi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top