17:08 / 10.01.2020
0
5043
O‘zbekiston elchisi YeXHT Iqtisodiy-ekologik qo‘mitasi raisi etib tayinlandi
Foto: TIV axborot xizmati

2020 yilning 9 yanvar kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YeXHT) amaldagi raisi Albaniya tomonidan O‘zbekistonning YeXHT huzuridagi doimiy vakili, elchi Sherzod Asadovni YeXHT doimiy kengashi Iqtisodiy-ekologik qo‘mitasining joriy yildagi raisi etib tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Iqtisodiy-ekologik qo‘mita YeXHT hududidagi iqtisodiyot va ekologiya sohalaridagi hamkorlik va xavfsizlik bilan bog‘lik keng ko‘lamli masalalarni, jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish problematikasi, energetika va oziq-ovqat xavfsizligi, transport va logistika, migratsiya, axborot-kommunikatsiya va «yashil» texnologiyalarni rivojlantirishni nazorat qiladi.

Xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘mita raisi etib Buyuk Britaniyaning YeXHT huzuridagi doimiy vakili, elchi Nil Bush, Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitaning raisi etib esa Chexiyaning tashkilot huzuridagi doimiy vakili, elchi Ivo Shramek tayinlandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top