11:21 / 11.01.2020
0
22244
12 yanvar kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilyapti?
Foto: KUN.UZ

Toshkent shahri. Poytaxtda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 1-3 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq bo‘ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Samarqand viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi. 

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi. 

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, qor yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top