00:29 / 11.01.2020
0
18628

AQSh Sulaymoniydan tashqari Eronning yana bir qo‘mondonini yo‘q qilishga uringan – OAV

AQSh eronlik general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilgan kuni Eronning Yamandagi yana bir yuqori lavozimli komandirini yo‘q qilishga uringan. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib Washington Post gazetasi xabar berdi.

Gazetaning ma'lumotiga ko‘ra, AQSh Islom inqilobi muhofizlari korpusining yetakchi komandirlaridan biri Abdulla Rizo Shahloiyga qarshi muvaffaqiyatsiz operatsiyani amalga oshirgan. 

Gazeta jurnalistlari murojaat qilgan rasmiylar Shahloiyga qarshi operatsiya tafsilotlari haqida ma'lumot berishdan bosh tortishgan va faqatgina operatsiya muvaffaqiyatsiz yakunlanganini aytishgan. Manbalardan birining so‘zlariga ko‘ra, AQSh hukumati bir vaqtning o‘zida ikkita muvaffaqiyatli operatsiya o‘tkazilgani to‘g‘risida e'lon qilishga tayyorgarlik ko‘rgan.

Sulaymoniy o‘ldirilganidan so‘ng Eron AQShning Iroqdagi harbiy bazalariga raketa zarbalari berdi. Ma'lum qilinishicha, zarbalar natijasida hech kim jabrlanmagan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top