10:41 / 11.01.2020
2
68464

O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakolatxonasi va Nyu-Yorkdagi bosh konsulxonasida ishlovchi diplomatlar maoshi ochiqlandi

Foto: jahonnews.uz

Prezident “O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi ayrim muassasalari tashkiliy-shtat tuzilmasini takomillashtirish va faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Qayd etilishicha, hujjat siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini yanada ilgari surish va amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta'minlash maqsadida qabul qilindi:

Qarorga ko‘ra, 2020 yilning 1 fevralidan O‘zbekistonning BMT huzuridagi Doimiy vakolatxonasi va O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi (AQSh) Bosh konsulxonasi shtatlar jadvaliga mehnatga haq to‘lash fondini tegishli ravishda o‘zgartirgan holda tegishlicha haydovchi-mexanik va birinchi kotib qo‘shimcha lavozimlari kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasining BMT huzuridagi Doimiy vakolatxonasi va O‘zbekiston Respublikasining Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi yangilangan shtatlar jadvallari tasdiqlandi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Doimiy vakolatxona va Bosh konsulxonaning 2020 yildagi ta'minoti uchun xarajatlar smetasini shtat jadvallaridagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda belgilangan tartibda tasdiqlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Doimiy vakolatxona va Bosh konsulxona xarajatlarini shtat jadvallaridagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda joriy moliya yilining budjetida xorijdagi muassasalarni moliyalashtirish bo‘yicha tasdiqlangan miqdorlar doirasida moliyalashtiradi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top