14:18 / 11.01.2020
0
27347
«Toshshahartransxizmat» sobiq rahbari yangi lavozimga tayinlandi
Foto: Toshshahartransxizmat

«Davergeodezkadastr» qo‘mitasi tizimida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda qo‘mita xabarida aytilgan.

Qayd etilishicha, Mohirxo‘ja Kamolxo‘ja o‘g‘li Valiyev Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi direktori etib tayinlandi. U bunga qadar «Toshshahartransxizmat» AJ boshqaruv raisi lavozimida ishlab kelgan.

O‘tkir Hotamovich Imomqulov Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi direktori etib tayinlandi. O‘.Imomqulov bunga qadar Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi direktori v.v.b. lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Jo‘rabek Norpo‘latovich Murodov Davlat kartografiya-geodeziya fondi direktori etib tayinlandi. J.Murodov bunga qadar Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi o‘quv markazi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shuhrat Mehribonovich Bobomurodov Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti direktori etib tayinlandi. Sh.Bobomurodov bunga qadar Davergeodezkadastr qo‘mitasining Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilishni nazorat qilish boshqarmasi Yer monitoringi va tuproq unumdorligini oshirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top