18:20 / 13.01.2020
2
35724
Bosh vazir: Ortiqxo‘jayev qurgan binolarni qayta tekshirishning keragi yo‘q, ular mukammal 
Foto: KUN.UZ

Joriy yil 13 yanvar kuni xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining yangi chaqiriqdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham qatnashdi.

“Jahongir Obidovich shahrimizdagi yirik qurilishlarni tezkorlik bilan tugatdi. Odatda tezlik bilan qurilgan binolarda keyinchalik muammolar chiqadi. Ammo Jahongir Ortiqxo‘jayev qurgan binolarning ortidan borib tekshirishning keragi yo‘q. U har bir ishni mukammal qiladi”, - dedi bosh vazir.

Shuningdek sessiyada bosh vazir shahar hokimi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan brendlarni ham maqtadi:

– Mana bugun Ozarboyjon mehmonxonalarida Artel televizorlari turganini to‘lqinlanib gapirib berishdi. Men qo‘shimcha qilmoqchiman, Afg‘onistonning Mozori Sharif shahriga borganimizda hamma reklamalar arab imlosida yozilgan ekan. Lotin alifbosida uchta brendga ko‘zim tushdi. Bular Artel, Akfa, Crafers brendlari edi-, deya so‘zlarini yakunladi Abdulla Aripov.

Sessiya yakunida Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahri hokimi etib qayta saylandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top