18:38 / 13.01.2020
6
29734
Jahongir Ortiqxo‘jayev: o‘tgan faoliyatim davomida siyosiy tajribam yetishmasligi pand berdi
Foto: KUN.UZ

Bugun, 13 yanvar kuni xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining yangi chaqiriqdagi ilk sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada prezident tavsiya qilgan nomzod – Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahri hokimligiga qayta tasdiqlandi.

Tadbir yakuniga ko‘ra shahar hokimi shunday dedi:

– Menga bunday yuksak ishonch bildirgan prezidentimiz va xalqimiz ishonchini oqlashga, sadoqat bilan xizmat qilishga va'da beraman. Hali qilinadigan ishlarimiz juda ko‘p. O‘tgan 18 oylik faoliyatim davomida siyosiy tajribam yetishmasligi ozroq pand berdi. Bu ishda kayfiyat juda muhim – agar OAV orqali faoliyatimizga to‘g‘ri, xolis baho berilsa, kayfiyatim juda ko‘tariladi va butun jamoamiz bilan ishga sho‘ng‘iymiz. Bordi-yu, noxolis va asossiz axborotlar tarqatilsa, qo‘limiz ishga bormay qoladi. Shuning uchun OAV vakillaridan ham, xalqimizdan ham loyihalarimizni to‘g‘ri tushunishlarini, yakuniy natijalarni kutishlarini so‘rab qolaman.

Bundan oldin, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Jahongir Ortiqxo‘jayevning qator yutuqlari to‘g‘risida gapirgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top