17:08 / 13.01.2020
1
10882

MIB gaz quyish shoxobchalaridagi qing‘irlik holatlarini aniqlamoqda

Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan Yangiyo‘l tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda gaz quyish shoxobchalaridagi qing‘irliklar aniqlangan.

«Yangiyo‘l tumani, «Nurobod» MFY, M-39 avtomagistral yo‘lida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida o‘rnatilgan, «Avtopilot Pro» rusumli, zavod raqami 60090851-004-sonli gaz hisoblash uskunasining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida oxirgi tekshiruv kunidan, 22 kun yoki 528 soat davomida hisoblagichga tashqi aralashuv orqali ta'sir etib foydalangani aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar hamda rasmiylashtirilgan dalolatnomalarga ko‘ra, ushbu shoxobchaga o‘rnatilgan tabiiy gaz jihozlarining 1 soatlik gaz sarfi 1200 m3/ soatiga tashkil etishi, ushbu davrda gaz hisoblagichga tashqi ta'sir natijasida jami 1 267 200 m3 tabiiy gaz sarflangani va natijada 1 mlrd 267 mln so‘mdan ortiq miqdorda zarar yetkazilgani aniqlangan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, shoxobcha mansabdor shaxslari va boshqalarning harakatlarida umumiy foydalanishdagi tabiiy gazni hisobga olish asboblarining ko‘rsatgichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish natijasida juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan hamda «Hududgaz Toshkent» MChJ mansabdor shaxslarining o‘z mansab vakolatlaridan qasddan foydalanishda nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasi JKning 185-2-moddasi 4-qismi va 205-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan», deyiladi MIB matbuot xizmati xabarida.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top