20:40 / 14.01.2020
0
9473
«Barselona» Setenni tanishtirdi

Kike Seten «Barselona» bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi.

Kataloniya klubi ertalabki mashg‘ulotdan so‘ng murabbiyni jurnalistlarga tanishtirdi. 61 yoshli mutaxassis lavozimga tayinlangach, quyidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Hatto eng dahshatli tushlarimda ham o‘zimni bu yerda tasavvur qila olmasdim. Bu juda g‘ayrioddiy.

Valverde ajoyib inson ekanligini bilaman. Men u bilan gaplashdim. Uning qilgan barcha xizmatlarini qadrlayman. Jamoaga uning mehnati ko‘p singgan. U La Ligada birinchi o‘rinni egallab turgan jamoani tark etdi. 

Murabbiylikda yangi ishga kelganingizda odatda qiyin ahvolda bo‘lgan jamoaga to‘g‘ri kelasiz. Ammo hozir bunday emas. Valverde yetakchi jamoani qoldirdi. Unga minnatdorchilik bildirishim kerak.

Maqsadim g‘alaba qozonish mumkin bo‘lgan barcha narsaga erishishdir. Bu klubda boshqa imkoniyat yo‘q», – deb Setenning so‘zlarini keltiradi As.

Ma'lumot uchun, Seten «Barselona» bilan 2,5 yillik shartnoma imzoladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top